Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati S.Axrorov, Izboskan tuman 1-son texnikumida bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi o‘quvchilarning kelajakdagi rejalari, kasb tanlash masalalari, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ota-onalar bilan farzandlarning ta’limi va kasbiy rivojlanishida hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va kasb-hunar ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Uchrashuv samimiy savol-javoblar va fikr almashuvlar bilan yakunlandi.