Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov o‘z saylov hududida aholining muammolarini o‘rganish, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda fuqarolarning hayot sifatini oshirish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda deputat mahalla yettiligi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Mahalla yettiligi — o‘z hududida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya masalalarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Deputat ushbu yettilik a’zolari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib, joylardagi dolzarb masalalarni muhokama qilmoqda.
Bu kabi hamkorliklar mahalla hayotini yaxshilashga, aholining davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirishga va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qilmoqda.