Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII-19-24-7-95-K/26-son qarori bilan “Shayxislom” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.
🏗 Mazkur loyiha uchun 5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qarorga asosan mahallada:
🔹 1,1 km ichki yo‘llar ta’mirlanadi;
🔹 futbol maydonchasi quriladi;
🔹 2 ta vorkaut maydonchasi barpo etiladi;
🔹 80 ta quyosh panelli tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi;
🔹 1 dona sug‘orish qudug‘i qaziladi;
🔹 5,5 km sug‘orish tarmog‘i lotoklar bilan ta’minlanadi;
🔹 3,5 km gaz tarmog‘i rekonstruksiya qilinadi;
🔹 3 dona transformator punkti o‘rnatiladi;
🔹 5,4 km elektr tarmog‘i tortiladi;
🔹 160 dona tayanch ustunlar o‘rnatiladi.
✅ Ushbu ishlar Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha orqali “Shayxislom” mahallasida yashash sharoitlari yaxshilanib, hududning infratuzilmasi yanada rivojlantiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)