Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII-19-24-7-95-K/26-son qarori bilan “Zartepa” mahallasida yashash sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadida 3 mlrd so‘mlik manzilli loyiha tasdiqlandi.
🏛 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
🛠 Qarorga ko‘ra “Zartepa” mahallasida:
💧 Aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash uchun:
🔹 1 km ariqlar betonlashtiriladi;
🔹 2 ta artezian qudug‘i qaziladi.
⚡️ Mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida:
🔹 1 km piyodalar yo‘lagi quriladi;
🔹 3 dona transformator punkti o‘rnatiladi;
🔹 8 km elektr tarmog‘i tortiladi;
🔹 100 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi;
🔹 0,8 km ichki yo‘l asfaltlashtiriladi.
✅ Ushbu ishlar natijasida mahalladagi 285 ta xonadonning sug‘orish tizimi yaxshilanadi. Shuningdek, Zartepa, Tallak, Urtachi va Qo‘ng‘irot qishloqlaridagi 345 ga yaqin xonadonlarning yashash sharoiti yanada yaxshilanadi.
🤝 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan bunday qarorlar mahallalardagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi uchun qulay sharoit yaratish va hududlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)