Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Kengash sessiyalariga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish, qaror loyihalarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligini tahlil qilish hamda deputatlik nazorati tadbirlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ekspert guruhi a’zolari tomonidan:
🔹 Kengash qarorlari loyihalarini chuqur tahlil qilish;
🔹 hududlarda aniqlanayotgan muammolar va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish;
🔹 doimiy komissiyalar faoliyatiga amaliy ko‘mak berish;
🔹 deputatlar tomonidan olib borilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining samaradorligini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Ekspert guruhi tomonidan Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspert hamda axborot-maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlash, qaror loyihalarini takomillashtirish va hududlardagi dolzarb masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)