Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
янв.21
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Yoshlar yetakchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Chinoz tumani 2-sonli umumtaʼlim maktabida "Oila – muqaddas qoʻrgʻon" mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati S.Axmedova Quyichirchiq tumanlararo sudi raisi O.Rasulov, Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi, IIB, "Nuroniy" jamgʻarmasi, tuman imom xatibi, bosh otinoyisi, "Oqila ayollar harakati " rahbari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida oʻtkazildi.

Ushbu tadbir 2026 yilda ajrimlar sonini kamaytirish boʻyicha Quyichirchiq sudi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik dastur doirasida tashkil etildi. Nizoli holatdagi bir nechta oilalar tadbirga taklif qilinib, tushuntirishlar natijasida 2 nafar oila yarashib ketdi.

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan oilaning jamiyatdagi oʻrni, uning mustahkamligi va ahamiyati yuzasidan samarali fikrlar bildirildi.

Shuningdek, oilaviy munosabatlarga oid videorolik namoyish etildi.

Slide 1 of 2