Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
янв.21
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Yoshlar yetakchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Chinoz tumani. Tumanda “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Salixov, sektor rahbarlari hamda hokimning birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Xususan, Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda faol tadbirkorlar o‘z loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan moliyaviy, infratuzilmaviy, hujjatlashtirish hamda hamkorlik masalalari bo‘yicha murojaatlarini bildirdi.

Kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar tumanda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5