Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
янв.21
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Yoshlar yetakchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–561, 2019-yil 2-sentabr) xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni turli ko‘rinishdagi tazyiq va zo‘ravonliklardan asrash hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir.

Mazkur qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Umirova Manzura Ro‘zimurot qizi tomonidan tumandagi “Maroqand sifat tekstil” MCHJ korxonasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari, bunday holatlarning oldini olish choralari hamda fuqarolarning qonun bilan kafolatlangan huquqlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 5