Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✨ Hududda yana bir samarali tashabbus!
янв.21
✨ Ishtixon tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda
янв.21
🍰 Ishtixon MFYda tadbirkor ayol faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi va Adliya bo‘limi: qarorlar sifatini oshirish yo‘lida hamkorlik
янв.21
📌 Ishtixon tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ishtixon tumanidagi muzeyning holati o‘rganildi
янв.21
📚 Ishtixon tumanidagi Markaziy kutubxonaning holati o‘rganildi
янв.21
📌 “Qo‘ng‘irot” mahallasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyati to‘g‘risida tahliliy axborot
янв.21
📌 Ishtixon tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini yaratish yo‘lidagi amaliy ishlar o‘rganildi
✨ Hududda yana bir samarali tashabbus!

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Xudoyberganova Gulpashsho o‘z hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida fuqaro SH.Boyzoqova tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tikuvchilik faoliyati bilan tanishildi. Mazkur tashabbus bugungi kunda nafaqat oilaviy daromad manbai, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.

👩‍🧵 Hozirda ushbu faoliyat doirasida jami 10 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan:

🔹 5 nafar xodim qo‘l mehnatiga asoslangan bezak ishlari bilan shug‘ullanmoqda;

🔹 5 nafar xodim esa bichish va tikish jarayonlarida faoliyat olib bormoqda.

Mazkur ish o‘rinlari, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunarini rivojlantirish va oilaviy daromadni oshirishga xizmat qilmoqda.

Bunday tashabbuslar hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6