2026-yil 11-fevral kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi Ishtixon tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanning 2026-yildagi iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibiga muvofiq:
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi;
▪️ “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar” maqomi berilgan “Odil” va “Shayxislom” mahallalarini ixtisoslashtirishni chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlar muhokama qilindi;
▪️ Tumandagi og‘ir toifadagi 8 ta mahallada yashash sharoitini yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi;
▪️ “Solishtirma ustunlik” yo‘nalishlari asosida tumanni rivojlantirishga qaratilgan kompleks dastur loyihasi ko‘rib chiqildi;
▪️ 2025-yil yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjet daromad va xarajatlar ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi;
▪️ 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lar hisobidan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi;
▪️ Amaldagi byudjet qaroriga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddi tashkilot va mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat o‘rnatildi.
🔹 Qabul qilingan qarorlar tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirish, bandlikni ta’minlash va mahallalar rivojini jadallashtirishga xizmat qiladi.