Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👩‍💼 “Ishbilarmon ayol – 2025” Ishtixonda hududiy bosqich bo‘lib o‘tdi
янв.21
📍 Ishtixon tumanida manzilli grantlar ajratish uchun muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
янв.21
🎓 Inklyuziv ta’lim – e’tibor va imkoniyatlar maktabi
янв.21
🏫 “Ko‘ktepa” mahallasidagi 29-maktabda rekonstruksiya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📚 “Yoshlar oyi” doirasida Samarqand viloyati IIBda seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari e’tiborda — “Xonaqa” mahallasida ochiq muloqot va fuqarolar qabuli o‘tkazildi 🏘🤝
янв.21
Narx-navo barqarorligi e’tiborda 📊🛒
янв.21
Ishtixon tumanida deputatlar aholi bilan uchrashib, dolzarb masalalarni muhokama qildi
янв.21
📢 Mahalliy sanoat taraqqiyoti – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 🏭✨
Fuqarolar muammolari e’tiborda — “Xonaqa” mahallasida ochiq muloqot va fuqarolar qabuli o‘tkazildi 🏘🤝

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati N.Kiyamov tomonidan o‘zi saylangan “Xonaqa” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv va fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Tadbir mahallaning ijtimoiy hayoti, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini aniqlash hamda fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida tashkil etildi.

🗣 Fuqarolar qabuli davomida bir qator muhim masalalar ko‘tarildi, jumladan:

ichimlik va oqova suv ta’minotidagi uzilishlar 💧;

fuqarolarning o‘z-o‘zini band qilish 👷 va daromad manbaini yaratish borasidagi ehtiyojlari;

bolalar nafaqasi masalasida hujjat topshirish va rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar 👶📄.

📌 Ayrim masalalar joyida o‘rganilib, muammolarga aniq tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan aloqaga chiqilib, hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

🤝 Mahalla yettiligi vakillariga:

mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish;

muammoli masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va yuqori tashkilotlarga yetkazish;

aholining ehtiyojlari bilan tizimli ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔎 Bunday ochiq muloqotlar mahallalarda yuzaga kelayotgan muammolarni bevosita manzildan eshitish, ularni joyida hal qilishga harakat qilish va deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4