Yangiliklar

Uzun tumanida maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida

 Хalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Yodgorova tomonidan o‘zi saylangan "Qarashiq" MFY hududidagi maktab va maktabgacha ta'lim holatlarini o‘rgandi.  

Deputat 12-sonli umumta'lim maktab va 14-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarining isitish tizimi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalari, issiqlik ko‘rsatkich moslamalarini ko‘zdan kechirdi.

Deputat bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini saqlash hamda kuz-qish mavsumida muassasa infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari tuman Kengashini doimiy nazoratida ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 1