Yangiliklar

#MUNOSABAT

 Soliq va bojxona tizimidagi yangiliklar

Tadbirkorlarning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan soliq va bojxona tizimi ham muloqotda muhokama qilindi. Prezident soliq yukini yengillashtirish, ortiqcha hisobotlarni qisqartirish, soliq to‘lovchilar uchun qulay elektron xizmatlarni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Bojxona sohasida esa ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish, “yashil yo‘lak” tizimini keng joriy qilish, eksport-import jarayonlarini tezlashtirish hamda “raqamli bojxona” tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Turayeva