Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz tadbirkorlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham katta e’tibor qaratildi. Prezident yangi texnologiyalarni jalb qilish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini bildirdi.
Shuningdek, xalqaro standartlarga mos mahsulotlar ishlab chiqarish, milliy brendlarni targ‘ib qilish va yangi bozorlarni zabt etish orqali O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ham aniq topshiriqlar berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Kuryazova