Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlari 16 - okrug
deputati Timur Azimov,
21 - okrug deputati
Gulbahor Djuraevalar ishtirokida "bog'i Surh", "yangi bog'i Surh" mahalalarida ajrim yoqasida bo'lgan yosh oilalarning muammolari o'rganildi.
Oila muqaddas dargoh bo'lib, ushbu maskanda totuvlik, ahillik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar mujassam bo'lsa jamiyatimizda sog'lom turmush tarzi barqaror bo'ladi.
Afsuski, bugungi kunda ayrim yosh oidalar asosan to'qlikka sho'xlik qilib, farzandlar taqdiriga befarq bo'lib, o'zaro kelishmovchiliklarni keltirib, oilaning buzilishiga sabab bo'lmoqda.
Bugun "bog'i Surh" mahallasida oilalarning birida yuzaga kelgan tushunmovchilikka aniqlik kiritish va yoshlarni yarashtirish maqsadida suhbat bo'ldi.
Mahallaning yoshi ulug'lari, hudud deputatlari bir oilaga pandu nasihat berdi. Ajrimning oqibatlarini tushuntirdilar.