Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Lola Kenjayeva tomonidan Nurafshon mahallasi hududida yashovchi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Murojaatda «Olchazor» ko‘chasida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash va saqlash ishlari sifatsiz hamda texnik normalarga zid bajarilgani ta’kidlangan. Natijada, oradan atigi ikki oy o‘tib, ko‘cha yana ta’mirtalab holatga kelib, avtomobillar harakati hamda aholi xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani e`tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tartibda murojaat va takliflar kiritildi.