Sayqal mahallasi fuqarolari tomonidan ko‘chalarga tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan edi. Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi R. Maksumovning sa’y-harakatlari bilan mahalladagi “B. Naqshbandiy”, “Orom-tor” va “Buxoro” ko‘chalariga tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatildi.
Amalga oshirilgan ishlar mahalla aholisi xavfsizligi va qulayligi uchun xizmat qiladi.