Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатнинг ўз сайловчилари олдидаги ахбороти
янв.21
Фуқаро мурожаати юзасидан
янв.21
Дeputat faoliyatidan
янв.21
Deputatlar tomonidan jamoatchilik nazorati
янв.21
Депутат ва партия кенгаши хамкорлигида назорат тадбири
янв.21
Депутат ва партия кенгаши хамкорлигида тарғибот тадбири
янв.21
Deputatning saylovchilar oldidagi axboroti eshitildi.
янв.21
Депутат ва партия кенгаши хамкорлигида тарғибот тадбири
янв.21
Депутат ва партия кенгаши хамкорлигида тарғибот тадбири
янв.21
Депутат фаолияти
Biz zo'ravonlikka qarshimiz!

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, xususan, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, bu borada davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda

Jumladan, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov hamda M.Umirova birgalikda tumanimizdagi 4-umumta’lim maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbatida mavzuga aloqador masalalar muhokama qilindi. Oilalar, mahallalar hamda turli tashkilotlardan noxush holatlarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Bosh Qomusimiz hamda qonunlardagi xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ularni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari xususida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berildi.

Davra suhbati savol-javob va bahs-munozaralar ostida qiziqarli o‘tdi.

Slide 1 of 5