🏛 Guliston shahar Kengashi deputatlari Sirojiddin Bektemirov, Erkin Abduraxmonov hamda Kengash kotibiyati mudiri Voxid Xasanov tomonidan Navbahor mahallasida joylashgan 6-sonli umumta’lim maktabida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki bosqichi, xususan, demontaj ishlari jarayoni bilan tanishildi. Mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, qurilish-ta’mirlash jarayonlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚 Ta’lim muassasasida yaratilayotgan shart-sharoitlar kelgusida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
📌 Qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi deputatlar tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.