🏛 Viloyat Kengashi deputati N.Qosimova hamda Guliston shahar Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov tomonidan Yangi Hayot mahallasida joylashgan 4-son maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida binoda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, qurilish materiallari sifati, ishlarning belgilangan loyiha va me’yoriy talablarga muvofiqligi hamda obyektda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🏗 Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
✅ O‘rganish yakunida ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish jarayonida xavfsizlik hamda sifat talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilmoqda.