Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputat so‘rovi

Deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan shahar hududlarida chiqindi qutilari (urnalar)ni o‘rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarining ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari M.Sotvoldievga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda markaziy va gavjum ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, istirohat bog‘lari, bozorlar, savdo majmualari hamda ko‘p kvartirali uy-joylar hududlarida chiqindi qutilarini o‘rnatish me’yorlariga rioya etilishi, ularni muntazam bo‘shatish va sanitariya holatini saqlash ishlari qay darajada tashkil etilgani yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning faoliyati, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.