Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida Oydinbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini, Nodirabegim avlodlari ko‘chasi 10-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Mirxoshimova xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Jarayonda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha tegishli hujjatlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Monitoring davomida:
ta’mirlash ishlarining borishi;
qurilish materiallarining sifati va yetarliligi;
ishlarning loyiha va smeta hujjatlariga muvofiqligi;
obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qaror ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda. Fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunday loyihalar doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4