Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
“Do‘stlik”dagi do‘stona hashar - elga yarashar!

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining a’zolari kengash raisi J.Dushabayev rahbarligida shahrimizning “Do‘stlik” MFY hududida shahar hokimi N.Babayev va keng jamoatchilik tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan tanishdilar. Qayd etish lozimki, qisqa muddat ichida o‘zaro hamjihatlik va aniq maqsadlar sari birlashgan holda ushbu hududda Yangi O‘zbekistonni yorqin qiyofasi qad rostlamoqda. Avvalombor, huddud noqonuniy qurilma va obyektlardan tozalanib, ko‘p qavatli uylar tashqi fasadlariga zamonaviy bezak va ranglar berilib, baxtli nuroniylar, jo‘shqin yoshlarni tasviri tushirilgan rasmlar insonlarni kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maydonlarga yashil lanshaft
yotqizilib, turli xil gul ko‘chatlari va manzarali daraxtlar ekilmoqda. Ko‘p qavatli uylarga kirish yo‘laklari, eshiklari, ichkari qismi ta’mirlanib, xavfsizlikni ta’minlash uchun kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Zamonaviy qiyofada Boshqaruv servis kompaniyasini yangi binosi qad rostlab, aholiga sifatli va to‘laqonli xizmat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Aholini maroqli dam olishlari uchun yo‘laklar atrofiga o‘rindiqlar, bolalar maydonchalari, sport inshootlari, naqshinkor ustunlar bilan bezatilgan ayvonlar aholiga xizmat qilishiga shay holatga keltirilmoqda. Ta’lim
va tarbiya o‘chog‘i bo‘lgan 5-sonli umumta’lim maktabi, “Kelajak markazi” binosi ta’mirlanib, yangicha qiyofa kasb etmoqda.
Shahar kengashi deputatlari ushbu ishlar bilan tanishib, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida yaratilgan ushbu qulayliklar va yashilliklardan unumli foydalanish, asrab-avaylash, ehtiyotkorona munosabatlarda bo‘lish, maishiy va tabiiy chiqindilarni belgilagan joylarga tashlash, inventarlarni bus-butunligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar. O‘z navbatida bunday ulkan ishlarni amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatayotgan davlatimiz rahbariga, shuningdek, hasharda faollik ko‘rsatayotgan barcha mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etib, kun sayin yaqinlashshib kelayotgan davlat Mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa ekanligini ta’kidladilar.  

Slide 1 of 11