Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
#24_ta_masala 📌 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov o‘z saylov okrugidagi Bo‘ston mahallasida Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan “Og‘ir” mahallalar dasturi doirasida hududda rejalashtirilgan loyihalar va ularning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishdi.

Ma’lumki, Bo‘ston mahallasi mazkur dasturga kiritilgan bo‘lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, aholi turmush darajasini yaxshilash hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

🔹 100 ta xonadonning 60 gektar tomorqa yerlarini oqar suv bilan ta’minlash maqsadida 1 ta artezian qudug‘i qazish;

🔹 suv ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 kilometr beton ariq qurish;

🔹 hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 250 kVt quvvatga ega 4 ta transformator punktini o‘rnatish;

🔹 elektr energiyasi ta’minotini mustahkamlash uchun 192 dona tayanch ustunlari o‘rnatish hamda 6 kilometr elektr tarmog‘ini tortish;

🔹 mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash maqsadida 1,4 kilometr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida loyihalarning amalga oshirilish muddatlari, qurilish-montaj ishlari sifati hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyihalar natijasida Bo‘ston mahallasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4