Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
#96_ta_qonun Qonun ijrosi o‘rganildi: g‘alla o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik ishlari nazoratda

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi O‘RQ-662-II-son “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasida fermer xo‘jaliklari yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanishi, agrotexnika talablariga rioya etishi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda belgilangan majburiyatlarni bajarishi lozimligi takidlangan. Mazkur qonun ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda olib borilayotgan ishlar deputatlar tomonidan muntazam o‘rganib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 9-Yangiravot saylov okrugidan saylangan deputati E.Abdusalomov tomonidan Yangiravot MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Ravot Mash’ali” fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fermer xo‘jaligi rahbari Hamdamov O‘tkir Umirzoqovich tomonidan xo‘jalik tasarrufidagi jami 54 gektar yer maydonining 23 gektarida g‘alla ekilgani, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish uchun zarur texnika hamda tashkiliy tadbirlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan g‘alla hosilini nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish, texnikalarning shay holatga keltirish, agrotexnik talablar va mehnat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5