Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
#deputatlik_faoliyati

Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati

📚Tuman Kengashi deputatlari B.Baxovadinov va bosh mutaxassis Sh.Sidikovalar tomonidan tuman markazida joylashgan axborot-kutubxona muassasasining faoliyati o‘rganildi.

📕O‘rganish jarayonida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar va yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🖋Deputatlar kutubxonada kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda kitob fondini boyitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdi.

🖇O'rganish jarayonida ma’naviyat bo‘limi faoliyati ham alohida e’tiborga olinib, aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifati va qamrovi tahlil qilindi. Bo‘lim tomonidan tashkil etilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 1