Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D. Do‘squlova Nurli Pangat mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish, imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan foydalanish holatlari hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi va samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1