Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov shahardagi sport inshootlari holati hamda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan sport maydonchalari, mavjud sharoitlar, ularning texnik holati hamda foydalanish samaradorligi o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, san’at va turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. To‘garak mashg‘ulotlarining sifati, qamrovi va yoshlar qiziqishlariga mosligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yosh avlodning sog‘lom, bilimli va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida sport inshootlari hamda mazmunli dam olishni tashkil etuvchi to‘garaklarning o‘rni beqiyos. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1