Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida “Avg‘onbog‘” MFY hududidagi Tokzor, O‘rikzor, Tadbirkor, Bobobek hamda Ziyokor-2-3-3 tor ko‘chalarida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalari ko‘tarilgan edi.

Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan yuborilgan rasmiy javobda qayd etilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan ko‘chalarni ta’mirlash va asfaltlashtirish bo‘yicha “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan tegishli takliflar axborot portaliga joylashtirilgan.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash ishlari yakunlangandan so‘ng mazkur ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish rejalashtirilgani bildirilgan.

Rasmiy javobda yana Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududdagi ayrim chuqurcha yo‘llarda 2025-yilda asfaltlash ishlari amalga oshirilgani ham ta'kidlangan.

Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlarini tizimli hal etish, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi