Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
#deputat_faoliyati

️Bugungi kunda aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xalq vakillarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova tuman markazida yangidan faoliyat boshlagan "TT MALL" Xitoy savdo majmuasida bo‘ldi. Majmua ish boshlashi natijasida 56 nafar mahalliy xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlanganligi, ishchilar uchun zamonaviy mehnat sharoitlari yaratilganlik holati, aholi uchun keng turdagi mahsulotlar va qulay xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilganligini o‘rgandi.

Tashrif davomida Kengash raisi yangi ish boshlagan xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ularning mehnat sharoitlari, ish haqi va yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

"Maqsadimiz — har bir xotin-qizning o‘z daromadiga ega bo‘lishi va oilasi farovonligiga hissa qo‘shishi uchun sharoit yaratishdir. Bunday zamonaviy majmualar nafaqat xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, balki ishsizlikni kamaytirishda katta ahamiyatga ega", — dedi L.Behbudova.

Bu kabi loyihalar Jondor tumanida aholi turmush darajasini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Slide 1 of 4