Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ziyo Parizod tomonidan Taraqqiyot mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlar o‘rganildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarning ta’mirtalab holatga kelib qolgani, asfalt qoplamasining eskirgani hamda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

📎 Mazkur murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarilishi bo‘yicha fuqarolarga ma’lumot berildi.
Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida masalalar nazoratga olinishi hamda ularning ijobiy yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

📌 O‘rganishlar davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Bunday amaliy o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay infratuzilma yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Slide 1 of 6