Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI

️ 2026-yil 2-may kuni Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan yuborilgan 01-33/568-sonli xat asosida tumandagi MTMlardagi mavjud muammolarni o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari murojaatiga asosan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova hamda mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi O‘.Shukurov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar jarayonida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida tashqi hojatxona qurilishiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Mazkur masalani hal etish maqsadida uni belgilangan tartibda tuman Kengashi muhokamasiga kiritish hamda mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun munosib va xavfsiz sharoitlar yaratish — dolzarb vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3