Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI MARJONA QIYOMOVANING XALQARO MAYDONDAGI YUTUG‘I

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Marjona Qiyomova xalqaro miqyosdagi nufuzli konferensiyada yuksak natijaga erishib, “Excellence Award” mukofotini qo‘lga kiritdi. Janubiy Koreyaning Jeju orolida bo‘lib o‘tgan Koreya Tibbiy va Biologik Muhandislik Jamiyatining 67-bahorgi konferensiyasida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Marjona Qiyomova ishtirok etdi.Qariyb 1500 nafar tadqiqotchi va muhandislar qatnashgan ushbu nufuzli anjuman ilm-fan va innovatsiyalar almashinuvi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Marjona Qiyomova zamonaviy nanotexnologiyalarga asoslangan ilmiy tadqiqot ishi bilan umumiy hamda saralash seksiyalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, “우수상 (Excellence Award)” mukofotiga sazovor bo‘ldi.Anjumanda global davrdagi sun'iy intellektning sog‘liqni saqlash sohasini qanday o‘zgartirayotganini tahlili — tibbiy tasvirlash imkoniyatlari va zamonaviy texnologiya, usullarning inson salomatligidagi o‘rni tahlil qilindi. Mazkur yutuq Parkent yoshlari
salohiyati va ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarining yana bir yorqin namunasidir.
  

Slide 1 of 4