Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘zi saylangan okrugidagi “Oydin” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi.Natijalarga ko‘ra, 5 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 47 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. Yil boshidan buyon 10 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ajratilgan, 26 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Shuningdek, 3 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalar yo‘lga qo‘yilib, amaliy faoliyat boshlangani qayd etildi.Uchrashuv yakunida MFY raisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 4