Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova hududda aholiga manzilli tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida hududda sog‘liqni saqlash tizimi doirasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyati hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan manzilli tibbiy yordam sifati tahlil qilindi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, bemorlarni ro‘yxatga olish, uyma-uy tibbiy ko‘riklar tashkil etilishi hamda zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Deputat tomonidan mavjud imkoniyatlar yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashilib, tizim samaradorligini oshirish, aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3