Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov tomonidan fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul jarayonida hudud aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan bir qator dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.

Jumladan, elektr ta’minoti tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, hududda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini yo‘lga qo‘yish, qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash hamda suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash masalalari ko‘tarildi. Fuqarolar ushbu yo‘nalishlarda amaliy yordam va tezkor chora-tadbirlar ko‘rilishini so‘radilar.

Deputat tomonidan barcha murojaatlar batafsil o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 2