Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligi — deputatlar nazoratida

#_Deputat_faoliyati

Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligi — deputatlar nazoratida

️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Oripov, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda tuman Kengashi deputati A.Safarovlar tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida nazorat-tahlil tadbirlarini o'tkazdi.

O‘rganish jarayonida quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

️Xizmat sifati — fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, navbatlar tartibi va tibbiyot xodimlarining muomalasi;

️Dori-darmon ta’minoti — imtiyozli dori vositalarining mavjudligi va ularning shaffof tarqatilishi;

️Raqamlashtirish — “Elektron poliklinika” tizimi va onlayn qabulga yozilish imkoniyatlari;

️Moddiy-texnik baza — tibbiy uskunalar, laboratoriya hamda kunduzgi statsionar faoliyati.

Shuningdek, deputatlar aholini qiynab kelayotgan masalalar ya'ni, shifoxonaga uzluksiz elektr energiya ta'minotini yaxshilash uchun alohida qo‘shimcha elektr tarmog‘ini tortish hamda jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limiga koyka yetishmasligini inobatga olib, qo‘shimcha xonalar ajratish yuzasidan kelib tushgan takliflarni joyiga borib o‘rgandilar.

“Birlamchi tibbiy bo‘g‘in — aholi salomatligini muhofaza qilishdagi eng muhim tizimdir. Har bir shifokor o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishi, har bir uskuna uzluksiz ishlashi zarur. Asosiy maqsad — xalqimizning tibbiyotdan rozi bo‘lishiga erishish,” — dedi Kengash raisi M.Ashurov.

Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 265-I-son Qonuni (https://lex.uz/docs/26013) talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Ushbu qonunga ko‘ra:

️fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlanishi;

️tibbiyot muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratilishi shartligi;

️aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanishi belgilab o‘tilgan.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim texnik kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat sifatini oshirish yuzasidan muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3