Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputat O'.Tojiyeva tomonidan “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, 23-“Nurafshon” saylov okrugigadan saylangan deputat O'.Tojiyeva tomonidan “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv o‘tkazilishi uchun Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamovlar tomonidan ko‘maklashildi. 

Uchrashuv jarayonida "Madad" nodavlat notijorat tashkilot Qo‘qon shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Tashboltayeva jalb etilib, fuqarolarning barcha savollariga xuquqiy tushuntirishlar berildi. Qabul davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Bundan tashqari sayyor qabulda fuqarolar bilan suxbatlashilganda fuqaro X.Bobojonova va M.Erkaboevaning qizi tomonidan aliment muammolari masalasida murojaatlar qilindi. Mazkur murojaatlar tegishli tartibda deputat tomonidan nazoratga olingan holda, ro‘yxatga olinib, ularni hal etish yuzasidan xuquqiy tushuntirishlar berildi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rilishi, ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3