Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
“Rahbar va talabalar uchrashuvi” doirasida startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Samarqand shahar hokimi Umarov Fazliddin Karimovich hamda, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi raisi Zayniddin Qarshiyev talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

 Talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, texnologik ishlanmalari va amaliy ahamiyatga ega loyihalarini taqdim etdilar. Har bir loyiha zamonaviy talablar asosida ishlab chiqilgani, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tibor qozondi.

 Rahbarlar tomonidan taqdim etilgan startaplar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni yanada rivojlantirish, amaliyotga joriy etish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.

 Uchrashuv davomida talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va bandligini ta’minlash borasida muhim vazifalar belgilab olindi.

 Mazkur tadbir talabalar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1