Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB

Samarqand shahar, “Yangi Xayrabod” MFY, Anqaboy ko‘chasi 15-A manzilida joylashgan turar-joy binosi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand shahrining tarixiy-me’moriy qo‘riqxona hududida joylashgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda hamda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda qurilish, buzish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish loyihalari vakolatli organlar bilan majburiy tartibda kelishilishi lozim.

Xususan, mazkur hududlarda amalga oshiriladigan har qanday loyiha dastlab Madaniy meros agentligi bilan kelishiladi hamda tegishli tartibda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan ham muvofiqlashtiriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qarorining 38-bandiga asosan, loyiha taklifi vakolatli boshqarmaga taqdim etilgandan so‘ng, u Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiya va xulosa olinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaro tomonidan bildirilgan murojaatni ijobiy hal etish uchun belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini tayyorlab, vakolatli tashkilotlarga taqdim etish zarurligi tushuntiriladi.

Mazkur jarayon doirasida amaliy yordam ko‘rsatish masalasi qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.