Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Voxid Xasanov o‘zi saylangan 5-“Yangi hayot” saylov okrugi aholisi bilan uchrashish va muammolarni o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi.

Tashrif davomida deputat hududdagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining sport zali va mavjud sport anjomlarining holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar natijasida maktab-internatining sport bazasini boyitish zarurligi, ayniqsa, o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda futbol bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun ochiq mini-futbol maydoniga ehtiyoj borligi aniqlandi.

Mazkur aniqlangan ehtiyoj yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilishi va masalani hal etish choralari