Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda

 Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda 

Mahalla aholisi o‘z yerlarida uzum ko‘chatlarini parvarishlash va sifatli mahsulot yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Shu kunlarda xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati A. Ibragimov Navbahor mahallasida aholi bilan uchrashib, ularning tajribalari va tashabbuslarini yaqindan o‘rganib chiqdi. Uchrashuvda uzum ko‘chatlarini parvarishlash, sug‘orish va bozorga chiqarish usullari muhokama qilindi. Shuningdek, yangi uzum navlarini ko‘paytirish va mahalladagi diversifikatsiya imkoniyatlari ham alohida ko‘rib chiqildi. Deputat aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bog‘dorchilikni rivojlantirish va mahalla iqtisodiyotini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bunday uchrashuvlar nafaqat mahalla rivojiga
hissa qo‘shadi, balki yoshlar va yangi boshlovchi dehqonlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 6