Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammo joyiga chiqib o‘rganildi: Mirishkorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda jinoyatchilik va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi: mavjud holat va dolzarb vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishi: maktabda sport sharoitlari va yangi loyiha
янв.21
Guliston shahar “Ahillik” MFY hududida joylashgan 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Deputat nazoratida: Guliston shahrida qurilayotgan gandbol sport majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari nazoratda: Yangihayot mahallasida ichki yo`larni qurilish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Guliston shahar “Baxt” mahallasida dasturi ijrosi doirasidagi yo‘l infratuzilmasi ishlari nazoratga olindi
янв.21
Bahor va Ibratli mahallalarida ilgari aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Dehqonobod tumanida xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari tomonidan kiritilgan so‘rovlar ijrosi va ularning samaradorligini tahlil qilish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G‘.Boysariyev rahbarligida tashkil etildi.

Yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, deputatlar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, aholi murojaatlariga munosabat va deputatlik so‘rovlarining amaldagi natijalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, 2026-yilning yanvar–fevral oylari davomida tuman deputatlari tomonidan o‘z saylov okruglaridagi mavjud muammolar yuzasidan tegishli tuman tashkilotlariga jami 16 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ayrim hollarda deputatlik so‘rovlari ijrosi rasmiyatchilikdan nariga o‘tmayotgani, mas’ul tashkilotlar tomonidan muammolarni hal etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi. Xususan, infratuzilma, kommunal xizmatlar va aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan yuborilgan so‘rovlarga javob berishda kechikishlar mavjudligi qayd etildi.

Yig‘ilish davomida ayrim mutasaddilarning faoliyati keskin tanqid ostiga olinib, deputatlik nazoratini kuchaytirish, har bir so‘rov ijrosini aniq muddatlar asosida ta’minlash hamda aholi manfaatlarini ustuvor vazifa sifatida belgilash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, muammolarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ta’kidlash joizki, deputatlik so‘rovlari — bu faqat hisobot uchun emas, balki aholining dardu tashvishlarini hal etishga qaratilgan ta’sirchan mexanizm bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmasdan, mas’ul idoralar o‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqishi, amaliy natijaga yo‘naltirilgan ish uslubini yo‘lga qo‘yishi talab etiladi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda deputatlik so‘rovlari ijrosini tizimli nazorat qilish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar yanada kuchaytirilishi belgilandi. 

Slide 1 of 4