Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Voxid Xasanov tomonidan "Yangihayot" mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida asfaltlash jarayonining sifati, belgilangan texnik me’yorlarga rioya etilishi, ishlarning sur’ati hamda obyektning o‘z vaqtida yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, mahalla ichki yo‘llarining ta’mirlanishi hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratish hamda mahalla ko‘rinishini yanada obod etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan doimiy monitoring davom ettirilishi, sifat va muddat masalalari deputatlik nazoratida bo‘lishi bildirildi.
Hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan tizimli nazorat — sifatli natijaning muhim omilidir.