Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Guliston shahar “Bahor” mahallasi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova “Bahor” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Sayqal mahallasi aholisi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining doimiy komissiyalari ishtirokida qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman miqyosida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Jumladan, 2025-yilning 12 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarning hisobotlari eshitildi. Shuningdek, tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Zarbdor tuman byudjetining 2025-yil 12 oylik ijrosi, 2025-yilning 4-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar ijrosi bo‘yicha axborotlar tinglandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, 2025-yil vegetatsiya davrida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

Kun tartibida Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasining 2025-yilda amalga oshirgan ishlari natijadorligi hamda 2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berildi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, Kengash va doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek, ayrim doimiy komissiyalar hamda partiya deputatlik guruhi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. 

Slide 1 of 5