Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova “Bahor” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Sayqal mahallasi aholisi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
янв.21
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili
Termiz davlat pedagogika institutida Deputatlar va yoshlar ishtirokida Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng muhokama etildi

Termiz davlat pedagogika institutida Deputatlar va yoshlar ishtirokida Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng muhokama etildi

Termiz davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar partiya raisi G.Shafoatova va A.Abdullayevlar Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi o‘rni, mas’uliyati va faol ishtiroki atroflicha muhokama qilindi. Xususan, deputatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbus va loyihalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning joylarda izchil ijrosini ta’minlashda partiya faollari, deputatlar hamda jamoatchilik vakillarining hamkorligini kuchaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, aholi bilan bevosita muloqotni kengaytirish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va yechimlar ishlab chiqishda partiyaning tashabbuskorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

Tadbirda yoshlar ham faol ishtirok etib, Murojaatnomada belgilangan vazifalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Yakunda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etish, partiyaning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq va manzilli ishlarga qaratilgan qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Slide 1 of 10