Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova “Bahor” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Sayqal mahallasi aholisi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
янв.21
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

  Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

       1. Bag‘dod tumani mahalliy budjet 2025-yil III chorak uchun daromadlar rejasidan oshirib bajarilgan hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida.

       2. Bagʻdod tumani mahalliy budjetning 2025-yil III chorak ijrosini toʻgʻrisida.

       3. Bag‘dod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i v.b E.Qalandarovning 2025-yil 3-choragi davomida tumanda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlar holati to‘g‘risida.

      4. Tumanda ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bag‘dod tumani bo‘limi boshlig‘i T.Beknazarovning hisoboti.

     5. Boshqa masalalar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

  Xalq vakillari masʼullarga saylovchilar murojaatlari asosida aniq va qatʼiy savollar yoʼlladilar. Muhokamalar ochiq va shaffof ruhda kechdi. Shu bois, sessiya 1 soatdan ortiq davom etdi. U Bagʼdod tumani hokimligining Аxborot xizmati rasmiy telegram kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. (https://t.me/bagdodim_news/56090). 

Slide 1 of 10