Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova “Bahor” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Sayqal mahallasi aholisi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
янв.21
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili
Markaziy shifoxona “Nevrologiya” bo‘limi binosi zamonaviy qiyofaga kirmoqda

  🔹Hududlarda tashabbusli budjet jarayoni natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavjud ijtimoiy muammolar yechilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Uchko‘prik tumanida ham joriy yildagi “Tashabbusli budjet” loyihasining birinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘oliblar e’lon qilingan edi. Darhaqiqat, tashabbusli budjet asosida olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Bu boradagi ishlarda mahalliy kengash deputatlarining o‘rganuvlari katta ahamiyatga ega. 

🔹“Tashabbusli budjet” natijalarining ijro jarayonini atroflicha o‘rganish maqsadida xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati Muqimjon Dehqonov, deputat-tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov, deputatlar Bahodirjon Muqimov va Lazizjon Usmonov tuman Markaziy shifoxonasi “Nevrоlogiya” bo‘limida bo‘lishib, olib borilayotgan ta’mirlash jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Mana shunday o‘rganishlar
davlat budjetini maqsadli sarflanishida deputatlarning ishtirokini kengaytirishga, saylovchi va deputat hamkorligini yanada oshirishga, loyihalarning amalga oshirilishida deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi, albatta. 

 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati 

   

   

Slide 1 of 1