Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nosirjon Egamberdiyev tomonidan fuqaro murojaati eshitildi. Murojaatchi Guliston shahar Madaniyat mahallasi, Sug‘diyona ko‘chasi 56-uy va Alpomish ko‘chasi 1-uy atrofidagi daraxt shoxlari elektr simlariga tegib, chaqnash holatlari yuzaga kelayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Sug‘diyona ko‘chasi 56-uy yonida 1 dona qurigan daraxt mavjud bo‘lib, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan kesilishi lozimligi aytib o‘tildi.
Deputat N. Egamberdiyev murojaatda ko‘tarilgan masalalarni hal qilish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilishini ta’minlash va muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishni nazoratga oldi.
Fuqaro, shuningdek, yashab turgan xonadonini ta’mirlash uchun moddiy yordamga muhtojligini bildirib o‘tdi. Bu yuzasidan deputat Guliston shahar Xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda murojaatchining holatini o‘rganib, zarur yordam choralarini ko‘rish yuzasidan ish olib borilishini ma’lum qildi.
Fuqarolarning murojaatlari e’tibordan chetda qolmaydi – har bir ariza va taklif joyida ko‘rib chiqiladi.