Davlatimiz rahbari boshchiligida maktabgacha va maktab ta'limi sohasini yanada rivojlantirish borasida o'tkazilgan yig'ilishda ko'rilgan masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar yosh avlodning barkamol inson bo'lib kamol topishi, vatan ravnaqi yo'lida xizmat qilishi uchun muhim dasturi amal bo'ldi. Oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimi uchun ajratilgan mablag'lar miqdori 7 karra oshirilganligi, joriy yilda 60 trillion so'm yo'naltirilganligi, bu ta'lim sohasida olib borilayotgan islohatlarning yangi bosqichga ko'tarilganidan dalolat beradi.